SportUz.Net

Miktibek Oralbayning UFC'dagi navbatdagi raqibi va jang sanasi malum

05.03.2024 08:57    


Rasmni yuklab olish

Yarim o'rta vazn toifasida qirg'izistonlik UFC jangchisi Miktibek Oralbayning navbatdagi jangiga oid tafsilotlar malum bo'ldi.

U ligadagi ikkinchi jangini 4 may kuni Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida tashkil etiladigan UFC 301 turnirida o'tkazadi. O'sha kuni Miktibek Oralbayga mezbonlar vakili Elvis Brenner raqiblik qiladi.

Eslatib o'tamiz, 26 yoshli Oralbay UFC'dagi debyut jangini 2023 yilning noyabr oyida Urosh Medichga qarshi o'tkazib, sabmishen evaziga g'alaba qozongan edi. Uning hisobida 12 g'alaba, 1 mag'lubiyat va 1 ta durang bor.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: