Unga ko'ra, charm qo'lqop ustamiz 14 aprel kuni Toshkent shahrida tashkil etiladigan IBA chempionlar oqshomi turnirida ringga ko'tariladi. Hasanboyning raqibi avval malum qilinganidek, ispaniyalik Samuel Karmona bo'ladi. Ushbu jang rasman o'z tasdig'ini topdi.
Yodingizda bo'lsa, ikki bokschi Dubaydagi IBA CHempionlar oqshomida yuzma-yuz kelishgandi. IBA kamari uchun kechadigan jangning face to face marosimini ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor o'tkazib bergan edi. IBA prezidenti Umar Kremlyov ijtimoiy tarmoqda jang Ispaniya yoki O'zbekistonda o'tkazilishi haqida aytgandi.
Jangiga 5 kun qolgan 46 yoshli Menni Pakyao ayni paytdagi aktual formasini ko'rsatdi + FOTO