SportUz.Net
photo photo

Maxachevning menejeri: "Xabibni UFC loyihasi deb o'ylamayman"

31.05.2021 13:20    


Rasmni yuklab olish

Islam Maxachevning menejeri Rizvan Magomedov Ramzan Kadirovning Xabib UFC loyihasi ekanligi haqidagi fikriga izoh berdi.

"Agar meni fikrimni so'rasangiz, men unday deb hisoblamayman. Xabib faoliyatining boshida juda ko'p qiyinchiliklarga duch kelgandi. Raqiblar juda kuchli edi, uni jarohatlar qiynadi. Raqiblari u bilan jang qilishni rad qilishardi. 

2016 yili bizning qo'limizda ikkita shartnoma bor edi. Biz esa Eddi Alvares bilan jangni tanladik. Ikki haftadan so'ng esa matbuotdan bu jangda Makgregor qatnashishini bildik. Xabib chempionlik imkoniyatini juda uzoq kutdi. U yillar davomida raqiblari ustidan hukmronlik qildi. Ko'pchilik uning bu mehnatlarini etarlicha baholamaydi", - dedi Rizvan Magomedov.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: