SportUz.Net

Bellator va PFL chempionlari o'zaro jang oldidan tarozidan o'tdi

24.02.2024 09:19    


Rasmni yuklab olish

Bugun Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida Bellator hamda PFL ligalarining chempionlari o'rtasida o'zaro turnir tashkil etiladi.

Yarimog'ir vazn toifasida sobiq Bellator chempioni Vadim Nemkov bugun og'ir vaznda debyut qiladi. Sakkiz yildan beri mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan rossiyalik aralash yakkakurash ustasi bugun sobiq PFL chempioni Bruno Kappelozzaga qarshi oktagonga ko'tariladi. Nemkov 108 kg (238.1 funt), Kappelozza esa 107.1 kg (236.2 funt) tosh bosdi.

Og'ir vazn toifasidagi ikkinchi jang Bellator chempioni Rayan Beyder hamda PFL kamari sohibi Xenan Ferreyra o'rtasida kechadi. Aynan mana shu to'qnashuv oqshomning markaziy jangi bo'ladi. Beyder tarozida 104.8 kg (231.1 funta), 119.4 kg (263.2 funt) vazn qayd etdi.

Darvoqe, Bellator vs PFL chempionlar turnir kardida Bektemir Meliqo'ziev nokautga uchratgan bokschi ham bor. Kley Kollard Ey Jey Makkiga qarshi oktagonga chiqadi.


Bellator vs PFL turnirining to'liq kardi:

Renan Ferreyra —  Rayan Beyder

Impa Kasanganay — Jonni Eblen

Magomed Magomedkerimov — Jeyson Jekson

Xesus Pinedo — Patrisio Pitbul

Bruno Kappelocca — Vadim Nemkov

Tyago Santos — Yoel Romero

Kley Kollard — Ey Jey Makki

Byajo Ali Uolsh — Kris Morris.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: