SportUz.Net
photo photo

UFC Fight Night 237 turniri jangchilari tarozidan o'tishdi

24.02.2024 07:38    


Rasmni yuklab olish

Navbatdagi UFC turniriga Meksikaning Mexiko shahri mezbonlik qiladi.

Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda acteklar yurtida UFC Fight Night 237 turniri bo'lib o'tadi. Oqshomning markaziy jangi eng engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni, meksikalik Brendon Moreno amerikalik Brendon Royvalga qarshi oktagonga chiqadi. Har ikki jangchi ham bir xilda 57,15 kg vazn qayd etishdi. 

Oqshomning co main-event jangi yarimengil vaznda Yair Rodriges (66,22 kg) hamda Brayan Ortega (66,22 kg) o'rtasida o'tkaziladi. Yana bir qiziqarli to'qnashuvda eng yosh UFC jangchisi sifatida tarixga kirgan meksikalik Raul Rosas (61,68 kg) raqibi Riki Tursios (61,68 kg) bilan orani ochiq qilib oladi.  

Darvoqe, ertangi turnirda tojikistonlik UFC jangchisi Muhammad Naimov ham oktagonga chiqadi. Yarimengil vazn toifasidagi yon qo'shnimiz Erik Silvani sinovdan o'tkazadi. Har ikki jangchi tarozida bir xil vazn ko'rsatishdi - 66,22 kg. 

Ikki jangchi Edgar CHayres (5 funt ortiqcha) va Daniel da Silva Laserdo (1 funt ortiqcha) belgilangan vazn meyorini bajara olishmadi. Ular ertaga o'zaro oktagonda jang qilishadi.   


UFC Fight Night 237 turnirining barcha tarozi natijalari: 

Asosiy jang, eng engil vazn: Brendon Moreno (57,15 kg) vs Brendon Royval (57,15 kg)

Yarimengil vazn: Yair Rodriges (66,22 kg) vs Brayan Ortega (66,22 kg)

Engil vazn: Deniel Zellxuber (70,76 kg) vs Fransisko Prado (70,76 kg)

Raul Rosas (61,68 kg) vs Riki Tursios (61,68 kg)

Yasmin Xauregi (52,16 kg) vs Sem Xyuz (52,16 kg)

Manuel Torres (70,3 kg) vs Kris Dankan (70,76 kg)

Kristian Kinones (61,23 kg) vs Raoni Barselos (61,23 kg)

Xesus Agilar (57,15 kg) vs Mateus Mendonka (57,15 kg)

Edgar CHayres (59,42 kg) vs Daniel da Silva Laserdo (57,6 kg) 

Klaudio Pueles (70,76 kg) vs Fares Ziam (70,76 kg)

Ronaldo Rodrigez (57,15 kg) vs Denis Bondar (57,15 kg)

Viktor Altamirano (56,69 kg) vs Felipe dos Santos (56,24 kg)

Erik Silva (66,22 kg) vs Muhammad Naimov (66,22 kg)



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: