SportUz.Net
photo photo

Osiyo chempionati. Qizlarimiz 8 ta medal bilan musobaqani yakunlashdi

31.05.2021 00:20    


Rasmni yuklab olish

Dubaydagi Osiyo chempionati o'zining eng qizg'in pallasiga etib keldi.

Osiyo chempionati yakuniga ko'ra, o'zbekistonlik bokschi qizlar 8 ta medal qo'lga kiritishdi. 

Musobaqada sovrindor bo'lgan qizlarimiz:

Oltin:

-57 kg: Sitora Turdibekova


Kumush:

-48 kg: Gulasal Sultonalieva

-54 kg: Sitora SHogdarova

-69 kg: Navbahor Hamidova

-75 kg: Mavluda Mavlonova

-81 kg: Sohiba Ro'zmetova


Bronza:

-64 kg: Mohinabonu Abdullaeva

+81 kg: Mohira Abdullaeva


Bugun musobaqa davomida 6 nafar bokschimiz oltin medal uchun jang qiladi. Ushbu sahifa orqali o'zbekistonlik bokschilarning janglarini tomosha qilishingiz, shuningdek natijalardan xabardor bo'lib turishingiz mumkin bo'ladi.  

!!!JONLI EFIR VIDEOSI BIROZ PASTROQDA!!! 


-81 kg vaznli bokschi qizimiz Sohiba Ro'zmetova Osiyo chempionati finalida qozog'istonlik Fariza SHoltayga qarshi ringga ko'tarildi va imkoniyatni boy berib qo'ydi. Qizlarimizdan beshinchi kumush!

-75 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Mavluda Mavlonova Osiyo chempionati finalida hindistonlik Pura Rani bilan bellashdi va navbatdagi kumush medalni terma jamoamiz hisobiga qo'shib qo'ydi

Osiyo chempionatida -69 kg vazn toifasida bahslarda qatnashayotgan Navbahor Hamidova finalda Qozog'iston vakilasi Valentina Kaljovaga qarshi jang o'tkazdi va imkoniyatni boy berib qo'ydi. Kumush medal!

Sitora Turdibekova (-57 kg) Osiyo chempionati finalida qozog'istonlik Vladislava Kuxtaga qarshi jang qilib, 5:0 hisobida g'alaba qozondi.

-54 kg vaznli bokschimiz Sitora SHogdarova Osiyo chempionati finalida qozog'istonlik Dina Jolmanga qarshi ringga ko'tarildi va terma jamoamizga ikkinchi kumush medalni taqdim etdi

Osiyo chempionati. -48 kg vaznli bokschimiz Gulasal Sultonalieva finalda qozog'istonlik Alua Balkibekovaga qarshi jang qildi va imkoniyatni boy berib qo'ydi. Kumush medal!


SAHIFANI YANGILASH

Finalda jang qiladiganlar:

Unda 6 nafar bokschimiz oltin medal uchun ringga ko'tariladi:

-48 kg: Gulasal Sultonalieva - Alua Balkibekova (Qozog'iston) 1:4

-54 kg: Sitora SHogdarova - Dina Jolman (Qozog'iston) 2:3

-57 kg: Sitora Turdibekova - Vladislava Kuxta (Qozog'iston) 5:0

-69 kg: Navbahor Hamidova - Valentina Kaljova (Qozog'iston) 0:5

-75 kg: Mavluda Mavlonova - Pura Rani (Hindiston) 0:5

-81 kg: Sohiba Ro'zmetova - Fariza SHoltay (Qozog'iston) 0:5




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: