SportUz.Net
photo photo

O'zbekiston - Qozog'iston qarama-qarshiligi, Dubaydagi o'zbeklar, fotosessiya va boshqalar haqida

30.05.2021 01:40    


Rasmni yuklab olish

Ayni paytda Dubay shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasida O'zbekiston chempionati qizg'in davom etmoqda.

Dubayga musobaqa boshlanishidan bir kun oldin, yani 23 may kuni O'zbekiston boks federaciyasi vakillari bilan birga keldik. Musobaqa ishtirokchilari aeroportdan u qadar uzoq bo'lmagan "La Meridian"  mehmonxonasida istiqomat qilishmoqda. Musobaqaning o'zi ham aynan ushbu mehmonxonaning o'zida joylashgan katta zalda tashkil etilmoqda. Karantin sabab mehmonxonadan tashqariga chiqish ham, tashqaridan mehmonxonaga kirish ham taqiqlangan. 

Aytgancha, Dubayga kelishimiz bilan aeroportning o'zida Covid-19 uchun test topshirdik. Nima uchundir bu erda test topshirish bepul va deyarli navbat kutishsiz ekan)

Osiyo chempionati munosabati bilan bu erda murabbiylar, hakamlar va boshqa mutaxassislar uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilgan. Bungacha murabbiylarimiz Rahmatjon Ro'zoxunov va Ravshan Xodjaev "3 yulduzli murabbiy" maqomini olish uchun, O'zbekiston boks federaciyasi Xalqaro bo'lim vakillari SHohid Tillaboev hamda Tamila Sarixanova "ITO" xodim sifatida ishlash uchun kurslarida malaka oshirishmoqda. Ushbu maqola tahrir qilinishi oldidan murabbiylarimiz "3 yulduzli murabbiy"ga aylanishdi. Saytimiz nomidan ularni muborakbod etib qolamiz. 

Bu erga kelib shu narsaga amin bo'ldikki, musobaqa uchun ajratilgan mehmonxonada ovqatlanish bilan bog'liq ozgina muammolar ko'zga tashlandi. Aniqrog'i, o'zbek sportchilarining ovqatlanish racioni uchun etarli bo'lmagan ozuqalarni ko'rish mumkin edi. Ammo O'zbekiston boks federaciyasi mutasaddilari ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida Vatanimizdan o'zbek bokschilari uchun mos bo'lgan qo'shimcha oziq-ovqatlarni olib kelishdi. Bundan tashqari Dubayda istiqomat qiladigan yurtdoshlarimiz ham charm qo'lqop ustalarimizni tashkiliy tomonlama qo'llab-quvvatlab kelishmoqda. Instagram tarmog'idagi mashhur bloger Ditto, Azizxon Yunusov boshchilik qiladigan restoran vakillari, hozirda BAA terma jamoasida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borayotgan Hasan aka (Muhammedov) terma jamoamiz azolarini qo'llab-quvvatlashmoqda. SHuningdek Dubay shahridagi konsul Alisher Salomov ham bokschilarimiz bilan uchrashuvda tashkiliy tomonlama yordamga tayyor ekanligini malum qildi. 

Darvoqe, orada O'zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari bilan fotosessiya ham tashkil etdik. 

Musobaqaning o'zi haqida gapiradigan bo'lsak, O'zbekiston terma jamoasi bokschilarining 13 nafari finalga yo'l olishdi. Qizlarimizning 6 nafari, yigitlarimizdan esa 7 nafar bokschi 30 va 31 may kunlari o'tkaziladigan final janglarida ringga ko'tarilishadi. Ochig'ini aytish lozim, qizlarimizning bunday ishtiroki bizni yaxshi manoda hayratlantirmoqda. Bungacha o'zbek bokschi qizlari kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatida 8 ta medal qo'lga kiritishmagan. Yarim finaldan so'ng qizlarimizda ikkita bronza bor. Ertangi finaldan so'ng esa oltin va kumush medallarimiz soni aniq bo'ladi. Umid qilamizki, medallarning asosiy qismi yuqori probali bo'ladi ;)

Erkaklar terma jamoasining g'alabali yurishiga-ku, o'rganib qolganmiz. 31 may kungi final janglaridan shaxsan men kamida 5 ta oltin medal kutmoqdaman. Aytgancha, erkaklar terma jamoamiz vakillarining barchasi O'zbekistonga medal bilan qaytadi. Medallar soni bo'yicha O'zbekiston erkaklar terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o'rinni qo'lga kiritib ulgurdi. Endi esa medallar sifati bo'yicha ham peshqadamlikni saqlab qolish kerak bo'ladi. Yigitlarimizning asosiy raqobatchilari - Qozog'iston terma jamoasi esa finalga 5 nafar vakili bilan etib kelgan. Finallarda 4 ta vaznda O'zbekiston - Qozog'iston qarama-qarshiligini tomosha qilishimiz mumkin bo'ladi. Bundan tashqari Hindiston, Mo'g'uliston va Eron vakillari ham finallarda oltin medal uchun kurashishadi.


Fursatdan foydalanib, ushbu safarni tashkil etishda tashabbus ko'rsatgan O'zbekiston boks federaciyasiga minnatdorchilik bildiramiz.


Aziz To'xtamurodov, Dubay shahridan


FINAL JANGLARI RO'YXATI:

30 may, ayollar:

 


31 may, erkaklar:





Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: