SportUz.Net
photo photo

Maykl CHendler Jastin Getji bilan jangiga taxmin bildirdi

28.05.2021 17:20    


Rasmni yuklab olish

Yaqindagina chempionlik jangi o'tkazib mag'lubiyatga uchragan Maykl CHendler o'zining keyingi jangidagi ehtimoliy raqibi Jastin Getji bilan jangda qanday natija qayd etilishi haqida gapirdi.

"O'ylashimcha, Getji - CHendler jangi butun sayyoradagi muxlislar uchun eng qiziq jang bo'ladi. Getji mening yorqin vaziyatimning bir qismi bo'ladi, yoki men uning eng kuchli jangining bir qismiga aylanaman. G'alaba qozongan oldinga katta qadam tashlaydi. Aslida, mening Getji bilan jangim UFC'ga kelishimdan avval o'tkazilishi kerak edi. Ammo, malum sabablarga ko'ra o'sha jang o'tkazilmay qolgandi. Agarda Eddi Alvares Jastin Getjini mag'lub qila olgan bo'lsa, men ham uni mag'lub qila olaman. Men shunchaki texnik nokaut bilan g'alaba qozonmayman, uni yanchib tashlayman. Bu yuqori tempdagi jang bo'ladi. Odamlar bu jangni xohlashyapti", -dedi Maykl CHendler.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: