"Men Masvidal bilan uchinchi jangni o'tkazish haqida o'ylab ko'rdim. Agar u qaytib, hammasini to'g'ri qilsa, men unga imkoniyat beraman. Buning uchun u bir necha top darajadagi jangchilarni mag'lub etishi shart. Balki, o'sha kuni uning omadsiz kuni bo'lgandir. Men unga uchinchi urinishda baxtli bo'lish imkoniyatini beraman", - dedi Usman.
Eslatib o'tamiz, Kamaru Usman va Xorxe Masvidal shu paytga qadar ikki marta to'qnash kelishgan. Ularning ikkalasida ham Usmanning qo'li baland kelgan.
"Nima uchun yo'q?". 43 yoshli Gennadiy Golovkin ringga qaytish haqidagi savolga javob berdi