SportUz.Net

Bivol Beterbiev bilan jang qilishi uchun shartlarini aytdi

08.12.2023 14:57    


Rasmni yuklab olish

Dmitriy Bivol Artur Beterbiev bilan jangda WBC kamari o'rtaga tikilsagina jang qilishga tayyorligini aytdi.

"WBC'da boshqa bayroq ostida jang qilishimni taklif qilishganmi? To'g'risi, Sulaymon menga bunday taklif bilan chiqmagan.

Saudiya Arabistonida u bilan boshqa muammolar haqida suhbatlashganmiz, aniqrog'i WBC talqiniga ko'ra titul jangiga qo'yishlarini so'radim.

Bizning jamoa faqatgina peticiya yozsa bo'lgani, tushunishimcha, keyinchalik buni Sulaymon bilan kelishsa bo'ladi", - dedi Bivol.

Beterbiev yarimog'ir vazn toifasida IBF, WBC va WBO chempioni hisoblanadi. Bivol esa Arturdan jang orqali WBC kamarini tortib olishni istamoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: