SportUz.Net
photo photo

Tom Aspinall: "Boksni qattiq hurmat qilaman, ammo bir narsasi umuman yoqmaydi"

02.12.2023 15:19    


Rasmni yuklab olish

UFC jangchisi Tom Aspinall zamonaviy boksni tanqid qildi.

"UFC'ning kuchli o'nligida doimo elit jangchiliar bo'ladi. Ular bir-birini yutib qo'yishlari mumkin. Boksni jiddiy tanqid qilmoqchi emasman, biroq u erda ko'p narsani oldindan aytsa bo'ladi, natijalar oldindan deyarli aniq. Bizda barchaning imkoniyatlari 50ga 50.

Boksni qattiq hurmat qilaman. Ushbu sport turining texnikasi va bilimlarini olishga harakat qilaman. Klassik janglarni, eski maktab faoliyatini taxlil qilishni yaxshi ko'raman. Biroq boksning tizimi, ushbu sport turining rivoj yo'li umuman yoqmaydi. 

Eddi Xirn va Frenk Uorren nimalar bilan shug'ullanayotganiga qarang. Agarda kard 10 jangdan iborat bo'lsa, ularning 8tasi g'olibini oldindan ayta olasiz. Dunyoning eng zo'r bokschilari bir-biri bilan jang qilishni istamaydi. Bu esa menga yoqmaydi", - dedi UFC'ning og'ir vaznidagi vaqtinchalik chempioni Tom Aspinall.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: