Yarim o'rta vazn toifasida o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Abdurahmon Fozilov (5-0-0) AQSHning LFA ligasi bilan kelishuvga erishdi.
Hozircha hamyurtimizning ilk jangi sanasi va raqibi haqida malumotlar mavjud emas.
Eslatib o'tamiz, Fozilov oxirgi jangini 2022 yilning may oyida ATF 10 turniri doirasida Alisher Mirzarahimovga qarshi o'tkazib, ilk raunddayoq g'alaba qozongan edi.
Takidlash joiz, hozirgi kunda LFA ligasida ikki nafar o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi - Bahromjon Mashrapov hamda Mirafzal Ahtamov jang qiladi. LFA UFC uchun trapmlin ligalardan biri hisoblanadi.