WBC chempioni Tayson Fyuri ushbu kamarning sobiq sohibi Deontey Uaylderga qarshi o'tkaziladigan uchinchi jang shartnomasiga o'z imzosini qo'ydi. Bu haqidagi video Top Rank promouterlik kompaniyasining YouTube kanaliga joylashtirildi.
Britaniyalik chempion shartnoma imzolab bo'lgach, odatiga ko'ra raqib ustidan kuldi va xurmacha qiliqlar qildi. Avvalroq Deontey Uaylder ham jang shartnomasiga o'z imzosini qo'ygan edi. Trilogiyaning 24 iyul kuni Las-Vegas shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Aleks Pereyra: "Agar Ankalaev men qanday jarohat bilan jang qilganimni bilganida edi..."
Umar Nurmagomedov: UFC chempionligi yoki Dvalishvili bilan revansh? Men ko'proq qasos olmoqchiman