SportUz.Net
photo photo

Fyuri Joshuani qo'lqopsiz jang qilishga chaqirdi. Joshua javob berdi

21.05.2021 21:40    


Rasmni yuklab olish

Amaldagi WBC chempioni Tayson Fyuri 20 million dollarga Entoni Joshuani qo'lqoplarsiz, quruq mushtda jang qilishga chaqirdi.

"Entoni Joshua, sen Eddi Xirndan ham ko'ra yomonroqsan, faqat safsata sotyapsan. Sen va butun jamoang arbitraj sudi ketayotganini va men bunga aralasha olmasligimni juda yaxshi bilardi. Kel, yaxshisi mushtlarda, qo'lqopsiz jang qilamiz. Ikkalamiz 20 million dollardan pul qo'yamiz", - deb yozadi Tayson Fyuri.

Entoni Jusha esa javob berdi:
"Arbitraj davom etayotgan bo'lsa, nega jang o'tkazamiz deding? SHartnoma imzolab bo'lindi. Mutloq chempionlik uchun!
Mushtlarda? Men seni maydalab tashlayman. SHuning uchun, hazillashma. Omadsiz", - deb yozadi Entoni Joshua.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: