SportUz.Net
photo photo

Mamlakatimizda boksni rivojlantirish bo'yicha Prezident qaroriga munosabat

19.05.2021 07:20    


Rasmni yuklab olish

“Boksni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi prezident qarori o'zbek boksining rivoji uchun muhim dasturilamal bo'ladi.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng jismoniy tarbiya va sport davlat siyosati darajasiga ko'tarilgani hech kimga sir emas. Ayniqsa, bu borada keyingi yillarda Jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish borasida Prezident farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining qabul qilinishi sohaga berilayotgan etiborning tasdig'idir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2021 yil 29 apreldagi PQ - 5099-sonli “Boksni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori ham yurtimizda boks sport turini yanada yuqori pog'onaga ko'tarish uchun qonuniy asos bo'lib xizmat qiladi. 

Mazkur Qarorning qabul qilinishi boks mutaxassislari va shug'ullanuvchilari tomonidan ko'p yillardan beri kutilgan orzu - niyatlarini ro'yobga chiqishiga amaliy yordam bo'ladigan bo'ldi. SHuningdek, ushbu qaror mamlakatimiz yoshlari orasida boks sport turini yanada ommalashib, ravnaq topishida, keng miqyosda rivojlanishida ham tasturilamal bo'lib xizmat qiladi.

Hech shubhasiz, bugun boks sport turi mamlakatimiz aholisining barcha qatdamlarida, ayniqsa, yoshlarning eng sevimli sport turlaridan biriga aylangan. Mamnuniyat bilan aytij joiz, bokschilarimiz jahon ringlarida 2016 yildan buyon o'tkazib kelinayotgan nufuzli musobaqalarning deyarli barchasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, birinchi o'rinlarni band etib, etakchilikni qo'ldan bermay kelyapti. 

Xalqaro boks maydonida sportchilarimiz tomonidan egallangan bunday yuqori o'rinni  qo'ldan boy bermasilik uchun esa yoshlarning boksga bo'lgan ommaviy qiziqishini yanada oshirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash tizimini yanada takomillashtirish, boks bo'yicha mutaxassislarini tayyorlash va ularning moddiy rag'batlantirilishini yaxshilash, shuningdek, o'zbek boksining dunyodagi etakchiligini saqlab qolish uchun qabul qilingan qarorning ijrosini to'laqonli taminlash bo'yicha belgilangan tartibda  ishlar boshlab yuborilgan.

Xususan, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ham mazkur Qaror ijrosini taminlash, boks sport turini aholi o'rtasida, ayniqsa, o'smirlar, talaba-yoshlar orasida eng ommaviy sport turlaridan biriga aylantirish yo'lida universitetimiz rahbariyati boshchiligida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Universitetimizda boks mutaxassisligi bo'yicha bitirayotgan talabalarimizning 60-70 foizi umumiy o'rta talim maktablarida jismoniy tarbiya o'qituvchisi lavozimida ham o'z faoliyatlarini olib bormoqda. SHu bois, umumiy o'rta talim maktablari jismoniy tarbiya darsining yillik dasturiga boks sport turining bazaviy tayyorgarlik elementlarini kiritish orqali ham ushbu sport turining ommaviyligini oshirishga erishish mumkin.

Qarorda boksni aholi o'rtasida eng ommaviy sport turlaridan biriga aylantirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (selekciya) hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashning yangi tizimini yo'lga qo'yish bo'yicha vazifalar belgilangan. 

1. Boksni aholi o'rtasida eng ommaviy sport turlaridan biriga aylantirish

Qarorga muvofiq, universitetimizning Boks, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan “Boks alifbosi” nomli bazaviy tayyorgarlik elementlarini o'z ichiga olgan “Yo'l xaritasi” ishlab chiqildi. SHuningdek, Yuqori takidlaganimiz, umumiy o'rta talim maktablarining jismoniy tarbiya fanining yillik dasturiga qo'shimchalar kiritish bo'yicha dastur ishlab chiqildi. Dasturni asosiy maqsadi - boks sport turining ommaviyligini oshirishga qaratilgan bo'lib, unda asosan boks sport turiga yo'naltiruvchi, o'smir va yoshlarning sport turiga bo'lgan qiziqishlarini orttiruvchi boks elementlari joy olgan.

Ushbu dasturda asosan quyidagi boks elementlari joy olgan jangovar tik turishlar, harakatlanishlar va bittalik zarbalarni bajarish qoidalarini o'z ichiga olgan. “Boks alifbosi” dasturidan joy olgan barcha bazaviy elementlar hech qanday harajat talab qilmaydi va boks sport turi uchun talab qilinadigan jihozlarisiz o'tkazilishi deyarli barcha talim muassasasida qo'llash imkoniyatini oshiradi. 

2. Iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (selekciya)

Iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (selekciya) ishlarini o'tkazish bo'yicha Prezident qarorida quyidagi uch bosqichli tizim joriy etish bo'yicha vazifalar aniq belgilab berilgan:

  • birinchi bosqichda - talim muassasalari, bolalar-o'smirlar sport maktablaridan saralangan sportchilar o'rtasida tuman (shahar) musobaqalari;
  • ikkinchi bosqichda - boksga ixtisoslashgan sport maktablari, talim muassasalari va sport klublaridan saralangan sportchilar o'rtasida hududiy musobaqalar;
  • uchinchi bosqichda - klublararo hamda xududiy o'quv-mashg'ulot yig'inlari g'oliblari va sovrindorlari o'rtasida respublika musobaqalari ("World Series Boxing" misolida).

Bunda, musobaqalar natijalari asosida boks maktablarini iqtidorli sportchilar bilan to'ldirib borish Turizm va sport vazirligi, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston boks federaciyasi tomonidan birgalikda amalga oshirilishi belgilab qo'yilgan.

Yuqorida ko'rsatilgan  uch bosqichli musobaqalarda odilona saralash tizimini joriy qilish maqsadida “Holis hakam” guruhlarini yo'lga qo'yish maqsadga muofiq bo'ladi. “Holis hakam” guruhlarini asosiy maqsadi -  sportchilarni saralashning obektiv yo'llarini ishlab chiqishdan iborat;

  • bokschilarni saralash bo'yicha ishlab chiqilgan “Holis hakam”lar guruhlarini shakillatirishda asosan boks sport turi bo'yicha xalqaro musobaqalarda yuqori natijalar ko'rsatgan sportchilar orasidan saralab olinadi;
  • “Holis hakam”lar guruhlaridan joy olgan hakamlar, asosiy hakamlardan tashqari hisoblanib ular alohida jang borishini holis baholab boradilar va jang yakunida berilgan baholar taqqoslanadi hamda yakuniy baho beriladi. 

3. Professional sportchilar sifatida tayyorlashning yangi tizimini yo'lga qo'yish

Boks, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan boks bo'yicha professional trenerlar va hakamlarni tayyorlash tizimini rivojlantirish, o'quv-uslubiy qo'llanmalar ishlab chiqish, ilmiy-metodologik bazani yanada kuchaytirish bo'yicha yo'l xaritasi ham tuzib chiqildi:

  • boks bo'yicha professional trenerlar va hakamlarni tayyorlash tizimini rivojlantirish bo'yicha fan dasturi va fanning ishchi dasturlariga o'zgartirishlar kiritish bo'yicha takliflar ishlab chiqildi;
  • boks mutaxassislarini tayyorlash bo'yicha o'quv-uslubiy qo'llanmalar ishlab chiqish, ilmiy-metodologik bazani yanada kuchaytirish yuzasidan qatiy izchillikda rivojlantirish bo'yicha istiqbolli reja ishlab chiqildi;
  • ayollar boksini rivojlantirish yuzasidan kafedra mustaqil izlanuvchilari tomonidan ayollar boksi muammolari yuzasidan pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertaciyasi mavzulari OAK tomonidan tasdiqlandi. 

Ishlab chiqilgan ushbu “Yo'l xaritasi”da belgilab berilgan barcha vazifalarni amalga oshirish izchil ketma-ketlikda amalga oshiriladigan bo'lsa, “Boksni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarorining ijrosini taminlash bo'yicha  samarali ishlar amalga oshirilishiga va o'zbek boksining imkoniyat eshiklari yanada keng ochilishiga xizmat qiladi.

G'ulomjon RAJABOV, O'zDJTSU Boks, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi docenti, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: