SportUz.Net
photo photo

Leon Edvards Kovingtonga qarshi jang uchun tayyorgarlikni boshladi FOTO

27.09.2023 18:57    


Rasmni yuklab olish

UFCning yarimo'rta vazn toifasidagi chempioni Leon Edvards amerikalik Kolbi Kovingtonga qarshi jangga tayyorgarlikni boshlab yubordi.

Ushbu jangchilar 17 dekabr kuni AQSHda UFC 296 turniri doirasida oktagonga tushishadi.

"Mehnat", - deb yozadi Edvards o'z ijtimoiy tarmoqlarida.

Leon Edvards 32 yoshda. Britaniyalik jangchi MMAdagi ilk profi jangini 2011 yilda o'tkazgan va 2014 yil noyabrida UFCga ham kirib kelgan.

2022 yil avgustida Edvards UFC tituli uchun nigeriyalik Kamaru Usmanga qarshi jang o'tkazdi va beshinchi raundda raqibini nokautga uchratdi. Revansh mart oyida bo'ldi va unda ham Edvards g'alabaga erishdi, bu safar hakamlar qarori evaziga.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: