"Hozir men hamkorlik qilayotgan ESPN va "Top Rank" kompaniyalarini yaxshi ko'raman. Ammo bu biznes. Hamma narsa shu bilan bog'liq, bu shaxsiy narsa emas. Agar biz kelisha olmasak, unda men bor qobiliyatimni ishga solib harakat qilaman.
Qarshingizda dunyodagi eng yaxshi jangchi turibdi. Sizning sevimli jangchingiz - Teofimoman. Bu o'z izini qoldiradi va buni hamma tushunishi kerak. Men kimligimni isbotladim. Men divizionning eng yaxshi bokschisiman. SHon-sharaf qozonish uchun shu erdaman, oldinga borishni xohlayman. Aytganimdek, agar siz shartlarimni qabul qilishni istamasangiz, unda biz boshqa joyga boramiz", - dedi Lopes.
Eslatib o'tamiz, Teofimo Lopes Jorj Kambososga qarshi jang uchun o'z promouterlari bilan badal miqdori bo'yicha kelisha olmagandi. SHu sababli "Top Rank" promouterlik savdosini tashkil etishga qaror qilgandi.
Sonnen o'zbekistonlik sportchi qatnashadigan TUF 33 shousida kimlar murabbiy bo'lishini ochiqladi
Bogdan Guskov UFC'dagi bitta jangiga tayyorlanishi uchun qancha pul sarflashini aytdi