SportUz.Net

Guskov debyut qilgan UFC Fight Night 226 turnirining bonus sohiblari malum

03.09.2023 08:57    


Rasmni yuklab olish

Xabaringiz bor, kecha tunda Franciya poytaxti Parij shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tdi.

UFC Fight Night 226 turniri yakunlanganidan so'ng tashkilotchilar tomonidan bonus sohiblari elon qilindi. Boshqalardan ajralib turgan to'rt nafar jangchi kafolatlangan gonorardan tashqari 50 000 dollarlik mukofot pullarini qo'lga kiritdi. 

Benua Sen-Deni va Tiago Moyzes o'rtasidagi to'qnashuv kechaning eng yaxshi jangi deb topildi. Har ikki jangchi bonusga loyiq ko'rilgan. Siril Gan va Morgan SHare esa yorqin janglari uchun 50 000 dollarni qo'lga kiritishdi. 

Eslatib o'tamiz, UFC Fight Night 226 turnirida hamyurtimiz Bogdan Guskov omadsiz debyut qildi. U reytingning 9-pog'onasida borayotgan SHveycariya vakili Volkan Ozdemirga imkoniyatni boy berib qo'ydi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: