SportUz.Net

Bokschi yigitlarimiz nima uchun Qozog'istondagi Jahon kubogiga borishmadi? Boks federaciyasi bunga munosabat bildirdi

04.07.2025 17:18    


Rasmni yuklab olish

Ayni kunlarda Qozog'istonning Astana shahrida boks bo'yicha Jahon kubogi bahslari o'tkazilmoqda.

Mazkur musobaqada O'zbekistonning faqat ayollar terma jamoasi ishtirok etmoqda. Erkaklar terma jamoamiz esa bahslarda qatnashmayapti. 

Bu masalada O'zbekiston boks federaciyasi bosh kotibi SHohid Tillaboevning fikrlari bilan qiziqdik. 

"Yigitlar ko'p janglar o'tkazishdi. Jarohat va ortiqcha yuklamalardan saqlanish maqsad qilingan. O'z rejamiz bo'yicha ishni davom ettirishga qaror qildik. 

Bu musobaqada yaxshi qatnashish uchun bokschilarni yaxshi formaga olib kirish kerak. Formaga kirsak, oldinda Liverpuldagi Jahon chempionatiga oz vaqt qolmoqda. Keyin yigitlarni yana formaga olib kirish murabbiylar uchun qiyinchilik tug'dirishi mumkin. SHu sababli biz asosiy etiborni Liverpuldagi jahon chempionatiga qaratamiz va murabbiylar shtabi tuzib chiqqan rejaga binoan ish qilamiz", - dedi SHohid Tillaboev saytimiz jurnalisti Aziz To'xtamurodov bilan suhbatda. 

Eslatib o'tamiz, World Boxing tomonidan tashkil etiladigan va Liverpul mezbonlik qiladigan jahon chempionati 4-14 sentyabr kunlari o'tkaziladi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: