SportUz.Net
photo photo

Aka-uka Pollar Meyvezerdan himoyalanish uchun qo'riqchilar yollashdi

13.05.2021 13:40    


Rasmni yuklab olish

Videobloger Jeyk Pol Meyvezerning tahdidlaridan so'ng qo'rqib qolgan.

Bundan bir necha kun oldin Logan Pol va  Meyvezer o'rtasidagi media-tadbirlardan birida Jeyk bokschining kepkasini olib qochgandi. O'shandan so'ng Floyd "Jeykni o'ldirishi" haqida aytgan. 

"Biz bunga jiddiy yondoshamiz. Floyddek katta resurs va boylikka ega odam "Men uni o'ldiraman" deb turganida qo'rqmasdan bo'lmaydi. U qandaydir kepka uchunukamni o'ldirmoqchimi?", - dedi Logan Pol. 

Uning aytishicha, ukasi bilan birga ularni tun-u kun qo'riqlab turish uchun qo'riqchilar yollashgan. 

Eslatib o'tamiz, Meyvezer - Logan Pol jangi 6 iyun kuni o'tkaziladi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: