SportUz.Net
photo photo

Rustam To'laganov: Qon bilan olingan pullarimni berishmaydi...

11.05.2021 13:40    


Rasmni yuklab olish

Rio-2016 Olimpiya o'yinlari sovrindori Rustam To'laganov nima sababdan Rio Olimpiya o'yinlaridan so'ng yo'q bo'lib qolganini ochiqchasiga aytib berdi.

"Rio Olimpiya o'yinlaridan so'ng yo'q bo'lib qolimning asosiy sababi hali ham muammoligicha qolmoqda. Xabaringiz bor, 2017 yilda Rio sovrindorlariga MOQ tomonidan oylik belgilandi. Bu narsani gapirmasdan o'tib keta olmayman, chunki men bu narsalarni ter bilan emas, balki qon bilan bu oylikka erishganman. Nimaga bilmadim, menga bu oylikni berishmagan. Uch yildan beri men bu oylikni olmayman. Nima uchun bunday bo'lganini ochig'i bilmayman. Hozir hisoblasak, ularni tahminan 30 ming dollar atrofida qarzi bor. 

O'sha payt MOQga o'zim ham bordim, rahbari bilan uchrashdim (U vaqtlar MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov bo'lgan), undan so'ragan vaqtimda u qilib berishini aytishdi, biroq hech qanday harakat ham bo'lmagan. Keyinchalik ular menga sen profida jang qilmoqdasan, senga o'sha pul etadi degan javobni olganman. Biroq o'sha paytda ular o'zlarini "bolalari"ga bu oylikni qilib berishgan. Ular menga uch yillik qon bilan olgan oyligimni to'lab berishmadi. 

Qaror? Qarorga hech kim qarashmaydi... Karantin vaqtida menga 45 million tashlab berishdi. Ular bu olti oylik oyligim ekanligini aytishdi. Uch yilligini so'rasam... Yo'q! Ular o'yin qilishdimi, bilmayman. Nima ham derdik... Ro'yxatda doim ismim bo'ladi, lekin ism familiya bo'lgani bilan oylik olinmaydiku. SHundan so'ng 2018 yilda menga Respublika chempionatida chiqish taklifi berildi va man Jizzaxdagi musobaqaning finaliga yo'l oldim. O'shanda Madiyor bilan jang qildim va o'sha bahsda ham g'alaba qozongandim, biroq nima qilishdi bilmadim... O'sha jangda u boshi bilan qoshimni yorgandi. Madiyor meni ukam, biroq boks bu boks. O'sha bahsda boks bo'lmagandi. Nohaqliklar ko'p bo'ldi",-dedi Rustam To'laganov.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: