SportUz.Net
photo photo

Bokschilarimizning tayyorgarligi etibor markazida

09.05.2021 21:20    


Rasmni yuklab olish

Boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasining Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarligi har qachongidan ham diqqat-markazimizda bo'lib turibdi.

Bugun MOQ raisi o'rinbosari, O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari, Osiyo boks konfederaciyasi vice-prezidenti Saken Polatov terma jamoamiz tayyorgarligini ko'zdan kechirdi.

Takidlash joiz, Saken Polatov bugungi uchrashuvga o'zbek boksi faxriylarini ham taklif qilgan edi. “Yangiobod” sport bazasida o'tgan tadbirda mehmonlar bokschilarimizning tayyorgarligini ko'rish bilan birga bugungi 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan manaviy uchrashuv tashkil qilishdi. Unda uzoq yillik hayotiy tajribaga ega faxriylarimiz yurtimizning bugungi osoyishta kunlari uchun jonini fido qilgan mard va jasur o'g'lonlarimiz haqida gapirib berishdi.

Hozirda Prezidentimiz bergan topshiriq asosida sportchilarimizning tayyorgarligi jiddiy nazoratga olingan. Bu borada federaciya mutasaddilari ham bevosita bokschilarimiz bilan «Yangiobod» bazasida istiqomat qilishmoqda. Bunda ular sportchilarimizning kunlik mashg'ulot jarayoni, tuzilayotgan ovqatlar menyusini qattiy kuzatib borishmoqda.

O'z navbatida terma jamoamiz murabbiylari va federaciya mutasaddilari tashkil etilgan bugungi mazmunli suhbat uchun bokschilarimiz nomidan minnatdorchilik izhor etib qoldilar.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: