
Musobaqaning ikkinchi asosiy jangida (co main event) o'zbekistonlik sportchi Ilhom Nazimov engil vazn toifasida braziliyalik RIZIN chempioni Roberto de Souza bilan bahs olib boradi.
Ilhom shu kunlarda mazkur jang uchun Tailandda boshqa bir hamyurtimiz — Sanjar Zokirov bilan mashg'ulotlarning so'nggi bosqichini olib bormoqda.
Malumot uchun, Ilhom Nazimov MMAda 12 g'alaba va 3 mag'lubiyat qayd etgan. Nazimov bundan avvalgi jangini ham RIZIN ligasida o'tkazgan edi. Yaponiyaning Sapporo shahrida o'tgan RIZIN Landmark 11 turnirida 30 yoshli hamyurtimiz Yaponiya vakili Suguru Niigani ilk raunddayoq nokautga uchratgandi.
36 yoshli Roberto de Souza hisobida esa 20 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat bor.
Mangu MMA The Ultimate Fighter shousida ishtirok etgan jangchi bilan shartnoma tuzdi (FOTO)
Ilhom Nazimov RIZIN'dagi chempionlik jangi uchun Sanjar Zokirov bilan shug'ullanmoqda (VIDEO)
Vsevolod SHumkov o'zbekistonliklarga, jumladan, Abdumalik Xalokovga ham murojaat qildi (VIDEO)