
Turnir doirasida o'zbekistonlik yosh aralash yakka kurash ustasi Jamoliddin Rahmonjonov qozog'istonlik Ramazan Amangeldi bilan jang qilib, uchinchi raundda bo'g'ish usuli orqali muddatidan avval g'alaba qozongandi. Bu orqali Jamoliddin faoliyatidagi to'qqizinchi jangida ettinchi g'alabasini nishonladi.
Ahamiyatlisi, Octagon League mazkur g'alaba uchun Rahmonjonovni kafolatlangan gonorardan tashqari bonus bilan taqdirladi.
Tashkilot odatda mazkur bonus summasi qancha ekanini keng ommaga elon qilmaydi. Lekin SportUz.Net sayti manbalariga ko'ra bonus miqdori 200 dollarni tashkil etadi.

Vsevolod SHumkov o'zbekistonliklarga, jumladan, Abdumalik Xalokovga ham murojaat qildi (VIDEO)