
Prelim kardning ikkinchi jangida eng engil vazn toifasida kanadalik Aymann Zaxabi (10-2-0) Xitoy vakili Aori Kyuileng (24-10-0) bilan to'qnash keldi. 3 raundga mo'ljallangan mazkur jang ilk raunddayoq yakunlandi va unda Zaxabi raqibini nokautga uchratish orqali g'alaba qozondi.
Zaxabi uchun bu ketma-ket qo'lga kiritilgan uchinchi g'alaba bo'lgan bo'lsa, xitoylik sportchi ikkita g'alabadan keyingi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Uaylder: "Pol - Joshua? Men bunday janglarga ko'rgazmali to'qnashuv sifatida qarayman"
Umar Kremlyov boks bo'yicha 2027 yilgi IBA Jahon chempionati qaerda o'tishi mumkinligini aytdi