Bugun jang oqshomi rasmiy vazn o'lchash marosimida qatnashishdi. Ammo hamyurtimizga raqiblik qilishi kutilayotgan Rayan Benoit kutilganidan ortiqcha 3 funt ko'p vazn ko'rsatgan. Undan ham yomoni, vazn o'lchash marosimida uni titroq bosgan. Ko'rinib turibdiki, vazn tashlash jarayonida uning sog'lig'iga zarar etgan.
Hozircha bu borada rasmiy malumot elon qilinmagan. Ammo katta ehtimol bilan raqib sabab Zarrux Adashevning jangi bekor qilinishi mumkin.