"Ngannu pancher, u MMAda nimadir qila oladi, lekin dunyodagi eng yaxshi og'ir vazn toifasidagi bokschilarga qarshi ringga ko'tarilish uchun bu kamlik qiladi. Bokschilarga qarshi janglarda unda hech qanday imkoniyat ko'rmayapman. Ngannu mahoratli jangchi va men unga dastlab tajribasiz bokschi bilan jang qilishini maslahat beraman. Avvalo hammasini his qilish va ringga ko'nikish kerak. Boks va MMA umuman boshqa-boshqa narsa. Deontey Uaylder uni nokautga uchratish uchun etarli zarba kuchiga ega. Hatto Tayson Fyuri bu zarbaga zo'rg'a dosh bergan. Men buni qila oladigan boshqa hech kimni bilmayman. Uaylder dunyodagi eng zo'r pancherlardan biri, Ngannu buni yodda tutishi kerak", - dedi Krouford.
SHahram G'iyosov The Ring reytingida o'tgan oydagi kabi sakkizinchi o'rinda qayd etildi
UFC jangchisi Arman Carukyan greppling qoidalari asosida o'tkazilgan turnir g'olibiga aylandi