Zabitning murabbiyi Mansur Uchakaev rossiyalik yarim engil vazn toifasi jangisi atrofida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.
"Biz ketishimizni kim aytdi? Biz endigina boshlayapmiz", - deya Instagram sahifasida Magomedsharipov bilan birgalikda video murojaat qilgan Uchakaev.
Katta ehtimol bilan bu xabarning chiqishiga Zabitning UFC reytingidan chiqarilgani sabab bo'lmoqda. Boz ustiga Magomedsharipovning menejeri Ali Abdel-Aziz ham ESPN telekanaliga bergan intervyusida uning mizoji professional faoliyatini yakunlashi mumkinligini aytgan edi.
Ien Garri: "Agar Maxachev yarim o'rta vaznda titul jangini xohlasa, qolganlar kutib turishadi"