RCC 9 turnirining markaziy jangi o'rta vazn toifasida o'tkazilib, unda rossiyalik Vyacheslav Vasilevskiy braziliyalik Viskardi Andradega qarshi oktagonga ko'tarildi. Ham "stoyka", ham parterda raqibiga nisbatan yaxshiroq harakat qilgan Vasilevskiy uch raundlik jang yakunida hakamlarning bir ovozdan bergan bahosiga ko'ra ochkolar hisobida g'alaba qozondi.
Oqshomning anerkard jangida engil vazn toifasida rossiyalik Timur Nagibin sobiq UFC va PFL promoushenlari jangchisi Tiago Tavaresni uchinchi raundda tizzada bergan zarbasi evaziga nokautga uchratdi.
Takidlash joiz, turnirning qiziqarli janglaridan birida Pyotr Yanning sobiq sparring-hamkori Denis Lavrentev braziliyalik Rafael Diasdan ochkolar bo'yicha ustun keldi.
Bivol Beterbiev bilan revansh haqida: "Hakamlarda hech qanday shubha qoldirmasligim kerak"
Bahodir Jalolov: "Ikki-uch oy vaqt berilsa, Usik bilan jang qilishga tayyor bo'laman"