SportUz.Net
photo photo

UFCning sobiq jangchisi: "Petr Yan Marlon Veraga qarshi - bu ideal jang"

31.03.2023 19:19    


Rasmni yuklab olish

UFCning sobiq jangchisi, ayni damda sharhlovchi va taxlilchi amerikalik Josh Tompson rossiyalik Petr Yan va ekvadorlik Marlon Vera o'rtasidagi extimoliy jang haqida gapirdi.

"Petr Yan va Marlon Vera - ajoyib jang. Menimcha bu jang tashkillashtirilishi kerak. Ikkisi ham jangga mag'lubiyat bilan borishadi. UFCda kuchli o'nlikdagi jangchilaringizdan biriga g'oliblikni berishingiz kerak, shu orqali u reytingda yuqoriroqda bo'ladi. Ammo Petr u bilan jang qilmoqchi emas. U istalgan vaqtda teykdaunlar, zarbalarni to'xtatib qolish, doimo yuqorida bo'lish bilan raqibiga salobatli ko'rina oladi. Bunday holat Joze Aldo bilan bo'lgandi. Biroq u hozir etiborini boksga qaratgan.

Ikkovida bir muammo bor - startni sekin boshlashadi. SHu sababli jang 5 raundgacha ham cho'zilishi mumkin. Balki uch raundgadir. Ularga shunday deyish kerak: ushbu ikki jangchidan biri vazn toifasidagi eng yaxshilardan biri va ikkisi ham jangni sekin boshlaydi. Ikkingizdan biringiz balki, 9-raundga borarsiz. Balki mag'lubiyat sizlarni kuchli o'nlikdan tushirib yuborar", - dedi Tompson.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: