SportUz.Net
photo photo

Kamaru Usman bugungi g'alabasidan so'ng nimalar dedi?

14.02.2021 17:20    


Rasmni yuklab olish

Yarimo'rta vazn toifasida UFC kamari sohibi Kamaru Usman bugungi g'alabadan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Ajoyib hissiyotlar. Hozirgi holat juda murakkab edi. Gilbert Bernsning bu vazndagi ishlarini hurmat qilishimiz kerak. U engil vaznda kuchli nokautga uchraganidan so'ng yanada murakkab vaznga ko'tarilishga qaror qildi va raqiblarini birin ketin taslim etdi. Biz bu yo'lga birga chiqdik va har ikkimiz ham kuchli ekanligimizni bugun isbotladik.

Uning zarbalari kuchli ekanligini juda yaxshi bilaman. Biz sparring janglarida doim shunday qarama-qarshi dahshatli zarbalar bilan bir-birimizni siylaganmiz. Bugungi zarbasini mendan boshqa inson qabul qilganida, aniq nokaut bo'lardi. U mening eski do'stim, biroq oktagonda menga qarshi jang qilmoqchi bo'lsa, do'stlik unutiladi. Sababi, bu vaznning egasi va qiroli menman! Menga qarshi chiqqanlarning barchasi juda katta muammoga duchor bo'ladi", - dedi Usman.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: