SportUz.Net
photo photo

Mokaevning raqibi appelyaciya bermoqchi, Muhammad bunga javob berdi

21.03.2023 18:38    


Rasmni yuklab olish

Londondagi UFC turnirida Muhammad Mokaevga muddatidan oldin mag'lub bo'lgan braziliyalik Jafel Filo jang natijasidan norozi.

U bunga javoban appelyaciya bermoqchi. Bunga sabab, Filo uchinchi raundda Mokaevni bo'g'ib qo'ygan. Braziliyalikning aytishicha, o'sha vaziyatda Mokaev taslim bo'lganini bildirib, qo'lini silkitgan. Biroq, referi bunga etibor bermagan. 

"Men referidan ko'zimni uzmadim. Raqib tizzamga qo'lini tekkazib, silkitdi. SHundan so'ng men hakamdan u taslim bo'layotgani haqida so'radim. Men biroz hujumni pasaytirdim va u tizzani o'zgartira oldi", - dedi Filo. 

Mokaev esa bunga javoban "Bu nima?" deb munosabat bildirdi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: