Buyuk Britaniyaning London shahrida aralash jang sanatlariga asoslangan UFC 286 musobaqasi davom etmoqda.
Ushbu musobaqaning prelim kardidan o'rin olgan ikkinchi jang nihoyasiga etdi. Unda engil vazn vakillari — britaniyalik Sem Patterson Isroil vakili Yanal Ashmozga qarshi oktagonga ko'tarildi. 3 raundga mo'ljallangan jang birinchi raundning birinchi daqiqasidayoq yakunlandi. Isroillik Yanal Ashmoz ketma-ket zarbalari orqali Sem Pattersonni tezkor nokautga uchratdi.
Bu Yanal Ashmozning UFC'dagi debyut jangi edi.