Unga ko'ra, chempionlar - Kamaru Usman va Rouz Namayunas, shuningdek, Jeff Molina hamda Kileng Aori UFC 261 turniridagi yorqin ishtiroklari uchun oldindan kafolatlangan gonorarga qo'shimcha tarzda 50 000 dollar mukofot puliga ham ega chiqishdi.
Jeff Molina va Kileng Aori turnirning "Eng yaxshi jangi" uchun, chempionlik kamarini himoya qilgan Kamaru Usman, chempiondan kamarni tortib olgan Rouz Namayunas esa yorqin ishtirok uchun bonuslarga ega bo'lishdi.