Kechaning markaziy bahsida Kamaru Usman Xorxe Masvidalni mag'lub etdi. Jang yakunlanishi bilan UFC sharxlovchisi Jo Rogan chempion bilan qisqa intervyu tashkil qildi.
"Men sizlarga nokaut qilishimni aytgandim va buni uddaladim. Masvidalga minnatdorchilik bildiraman. Aynan u meni asabiylashishga majbur qildi, men ancha vaqtdan beri jang uchun bu darajada asabiylashmagandim. Jamoamga minnatdorchilik bildiraman, ular orqali men yanada kuchli bo'lmoqdaman.
Murabbiyim menga bu jangdan oldin hech qanday yangilik qilishim kerak emasligini va doimgidek harakat qilishimni aytgandi. Asosiy raqibimni nokaut qildim, unga yana bir bor minnatdorchilik bldiraman. U sababli juda qattiq tayyorgarlik ko'rdim", - dedi Kamaru.