SportUz.Net
photo photo

Men PRIDE'da jang qilganimda, UFC hali yo'q edi - Emelyanenko UFC prezidentiga javob berdi

02.02.2023 17:38    


Rasmni yuklab olish

Emelyanenko Uaytning gaplariga javob qaytardi.

Fedor Emelyanenko UFC prezidenti Dana Uaytni uni va Frensis Ngannuni dunyoning birinchi raqamli ligasi bilan kelishuvga erisha olmagan yagona jangchilar deb ataganiga munosabat bildirdi.

«Agar Dana Uayt xohlasa, Fedor Emelyanenko va Frensis Ngannu bilan shartnoma imzolardi. Ammo o'sha paytda Dana Uayt o'zini hozirgidek emas, kamtarroq tutgan edi. Endi u o'zi uchun hamma narsaga to'liq ruxsat bergan.

Xudoga shukur, o'shanda UFC bilan shartnoma tuzmaganman. Men UFC chempionlari bilan ko'p marta jang qilganman, g'alaba qozonganman - PRIDE'da jang qilganimda UFC yo'q edi», - dedi Fedor



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: