Vaholanki, ikki kun vvval UFC prezidenti Dana Uayt Usmanning keyingi raqibi Kolbi Kovington bo'ladi deb elon qilgandi. Endi katta ehtimol bilan Kolbi faoliyatidagi alamli mag'lubiyat uchun Kamarudan revansh ololmaydi.
"Men hayotda realchiman. Yolg'on gapirishni yomon ko'raman. Hozirgi ishim bilan umrbod shug'ullanmoqchi emasman. Qolaversa, vaznimdagi barcha kuchlilarni mag'lub etib chiqdim. Ularning hammasi bilan ham ikkinchi marotabadan jang qilmoqchi emasman. To'g'risi, menga oktagonda turib beradigan jangchini ko'rmayapman. Balki, o'zimni ringda sinab ko'rarman", - deya Usmanning so'zlarini keltirmoqda MMA News.
Eslatib o'tamiz, Kamaru Usman va Xorxe Masvidal o'rtasidagi revansh jangi yakshanba tongida AQSHning Florida shtati Jeksonvill shahrida UFC 261 turniri doirasida bo'lib o'tadi.
Isroil Madrimov Ortisga qarshi jang uchun sparring mashg'ulotlarini davom ettirmoqda + FOTO