SportUz.Net

Nodirbek Abdusattorov dunyo reytingida 18-o'ringa ko'tarilib oldi (FOTO)

20.01.2023 16:00    


Rasmni yuklab olish

Avval xabar berganimizdek, Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli "Tata Steel Chess-2023" turniri davom etmoqda.

Kecha "Masters" guruhida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 5-tur doirasida norvegiyalik Magnus Karlsenni mag'lubiyatga uchratdi va guruhda 4 ochko bilan peshqadamga aylanib oldi.

Mazkur g'alaba orqali Abdusattorov 18,4 reyting ochkosiga ega bo'ldi va dunyo reytingida 12 pog'ona yuqorilab, 18-o'ringa ko'tarilib oldi. Hozirda hamyurtimizning hisobida jami 2731 ochko mavjud.

Abdusattorov bugun 6-tur doirasida ayni damda musobaqa jadvalining 3-pog'onasida borayotgan hindistonlik Pragnanandaga qarshi dona suradi. Hamyurtimiz ushbu bahsda oq donalarda harakat qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 18:15 da boshlanadi.

Dunyo reytingi kuchli yigirmaligi:



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: