SportUz.Net

Usik nega yana ikkita jangdan keyin boksni tark etmoqchi ekanini tushuntirdi

16.07.2025 13:42    


Rasmni yuklab olish

38 yoshli jahon chempioni, ukrainalik bokschi Aleksandr Usik nega yana ikki jangdan keyin sportdan ketishga qaror qilganini tushuntirdi.

"Nega ikki jangdan keyin ketishga qaror qildim? Mening ikki o'g'lim bor. Birining yoshi 12, ikkinchisiniki — 10. Ularga kerakman. Xotinim va oilam bilan ko'proq vaqt o'tkazmoqchiman. Men ular bilan faqat ora-orada emas, muntazam ravishda birga bo'lmoqchiman. Hozir olti oy mashg'ulot olib boraman, keyin to'rt oyni oilam bilan o'tkazaman. Bu juda kam", — dedi Usik Queensberry Promotions’ga intervyusida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: