SportUz.Net

Konor MakGregor doping sinovlari tizimiga qaytdi

16.07.2025 16:54    


Rasmni yuklab olish

Konor MakGregor dopingga qarshi nazorat tizimiga qayta qo'shildi va UFC bilan tuzilgan shartnomaga ko'ra qolgan ikki jangni o'tkazishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda BKFC (Bare Knuckle FC) prezidenti Devid Feldman Ariel Xelvaniga bergan intervyusida malum qildi. Undan irlandiyalikning qo'lqopsiz janglarga o'tishi ehtimoli haqida so'rashdi.

"Uning UFC bilan hali ikkita jangi qolgan. Butun dunyo kutyapti, u esa hammasini to'g'ri yo'l bilan bajarishni xohlamoqda. U menga shaxsiy suhbatda shunday dedi:

“Men doping sinovlar tizimiga qaytdim, janglarga qaytishga tayyorgarlik ko'ryapman. Oq uyda jang qilaman, so'ng yana bir jang, va shunda bu haqda gaplashishimiz mumkin".

Bu — uning so'zlari", — dedi Feldman.

Avvalroq Konor MakGregor Maykl CHendlerga qarshi jangni UFC tomonidan kelasi yil Oq uyda bo'ladigan turnirda amalga oshirishni xohlayotganini aytgandi.

Irlandiyalik sportchi oxirgi marta 2021 yil iyulda oktagonga chiqqan. O'shanda u Dastin Porega qarshi trilogiyada oyog'idan jarohat olgandi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: