SportUz.Net

Aleksandr Usik: "Men doim 12 raundga tayyorlanaman. Lekin imkoniyat bo'lsa, Dyubuani nokaut qilaman"

16.07.2025 18:18    


Rasmni yuklab olish

Aleksandr Usik Daniel Dyubuaga qarshi bo'ladigan jang oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Daniel — yosh yigit, xavfli. Unda kuchli zarba va yaxshi boks mahoratlari bor. Ehtiyotkor bo'lishim kerak, chunki bu — boks. Ammo men jangga tayyorlandim.

Men har doim 12 raundga tayyorgarlik ko'raman. Lekin agar imkoniyat bo'lishi bilan, men uni nokaut qilaman", — dedi jahon chempioni Aleksandr Usik.

Eslatib o'tamiz, Usik va Dyubua o'rtasidagi jang 19 iyul kuni "Uembli" stadionida o'tkaziladi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: