19 iyul kuni professional boksdagi eng kutilgan revanshlardan biri bo'lib o'tadi. Aleksandr Usik Daniel Dyubuaga qarshi jang qiladi. Jang Buyuk Britaniyaning London shahridagi "Uembli" stadionida o'tkaziladi. Va, albatta, bu to'qnashuv butun boks dunyosining diqqat markazida bo'ladi.
Etiborli jihati shundaki, birinchi jangda Usik to'qqizinchi raundda nokaut orqali g'alaba qozongan edi. Biroq bugungi kunda ko'pchilik uni revanshda favorit deb hisoblamaydi. Buning asosiy sababi — o'sha bahsli vaziyat. Jangning yarmida Daniel beldan pastga yaqin zarba bergan, Usik esa bu holatda qoidalar buzilganini ko'rsatishga urindi. Haqam Usikka tanaffus berishga qaror qildi va nokdaun hisoblamadi. Usik o'ziga kelib olgandan so'ng kuch to'plab hujumga o'tdi va g'alabani o'z tomoniga og'dirdi. Biroq ko'plab mutaxassislar hali ham o'sha zarbani qonuniy deb hisoblaydi va Usik o'sha paytda simulyaciya ishlatgan deb takidlaydi.
Ismi: Daniel Dyubua
Tug'ilgan sana: 1997 yil 6 sentyabr
Tug'ilgan joyi: Grinvich, Buyuk Britaniya
Bo'yi: 196 sm
Qo'llari uzunligi: yoyilganda 198 sm
Rekordi: 22 g'alaba – 2 mag'lubiyat
Vazn toifasi: og'ir vazn
Laqabi: Dinamit
27 yoshli Dyubua jismoniy jihatdan ajoyib ko'rsatkichlarga ega. Uning bo'yi 196 sm, vazni esa 113 kg. Usik undan ancha engil va bu birinchi jangda ham sezilib turgan edi. SHuningdek, Danielning qo'l uzunligi 198 sm.ni tashkil etadi. Unga berilgan "Dinamit" laqabi ham bejiz emas — unda juda kuchli nokaut zarbalari bor. Ko'pchilik u Usikni faqat silkitibgina qolmay, finish qilish kerak edi deb hisoblaydi. Ularning aytishicha, haqamning xato qarori Usikni professional faoliyatidagi birinchi mag'lubiyatdan qutqarib qolgan.
Britaniyalik bokschi 22 g'alaba va 2 mag'lubiyatdan iborat professional rekordga ega. Uni Usikdan tashqari vatandoshi Jo Joys ham to'xtatib qolgan. Joys Dyubuani o'ninchi raundda nokautga uchratgan. Boshqa raqiblar esa unga jiddiy ravishda qarshi tura olmagan. Eng qizig'i, Dyubua faqat bir martagina jangni nokaut bilan yakunlay olmagan – bu 2018 yilda AQSHlik Kevin Jonsonga qarshi bo'lgan. O'sha jangda ham Dyubua mutlaq ustunlik bilan g'alaba qozongan.
Dyubua 27 yoshidayoq og'ir vazn kelajagining asosiy yulduzlaridan biri sifatida qaralmoqda. Bu bejiz emas — chunki og'ir vazn toifasidagi bokschilar o'z salohiyatini asosan 30 yoshdan keyin namoyon qilishadi. Danieldan esa katta natijalar kutilayapti. U allaqachon kuchli raqiblar ustidan katta g'alabalarni qo'lga kiritgan: amerikalik Jarrel Miller (26-0-1), xorvat Filip Xrgovich (17-0) va vatandoshi Entoni Joshuani (28-3) mag'lub etilgan.
Dyubua jangdagi agressiv uslubi va yuqori faolligi bilan ajralib turadi. Ha, uning vazni ancha yuqori, biroq u harakatchan va o'zining kuchli tomonlarini yaxshi ishga sola oladi. SHuningdek, unda juda kuchli "qotillik instinkti" bor — agar raqib tamom bo'lish holatiga kelsa, darhol uni yakunlashga urinadi. Joshuaga qarshi jangda aynan shunday bo'lgan — Dyubua raqibini to'liq yo'q qilgan, barcha ko'rsatkichlarda ustun kelgan. Bu — Ey Jeydek yorqin boks yulduziga qarshi qilingan ish.
Hozircha Dyubua haqidagi barcha tariflar bejiz yangramoayotgandek tuyuladi. CHunki Daniel – hozirgi kunda Usikni to'xtatishga qodir yagona bokschi sifatida ko'rilmoqda. Biroq barcha savollarga javobni Aleksandr bilan bo'ladigan revansh beradi. Dyubua bu jangda juda qattiq va agressiv harakat qiladi. U hali ham birinchi jangda o'zini g'alaba qozongan deb hisoblaydi. Endi esa o'sha zarbani yana takrorlashga va bu gal hakamga xato qilish imkonini qoldirmaslikka harakat qiladi.
championat.com sayti materiallari asosida tayyorlandi
Aleksandr Usik: "Men doim 12 raundga tayyorlanaman. Lekin imkoniyat bo'lsa, Dyubuani nokaut qilaman"