SportUz.Net

PFL World Tournament 9 turnirining asosiy jangi tasdiqlandi

16.07.2025 10:39    


Rasmni yuklab olish

15 avgust kuni AQSHning SHimoliy Karolina shtati SHarlott shahrida o'tkaziluvchi ushbu turnirning kardidan hozirgi holatda 9 ta jang o'rin olgan.

O'tgan mavsum PFL chempioni Gadji Rabadanov PFL World Tournament 9 turnirining asosiy jangida oktagonga chiqadi. Engil vazn toifasidagi aralash yakkakurash ustasining Gran-pri finalidagi raqibi angliyalik Alfi Devis bo'ladi. 

Oqshomning co-main event jangi ayollar o'ta engil vazn toifasida amerikalik xonimlar -  Jena Bishop va Liz Karmush o'rtasida o'tkaziladi. Gran-prining uchinchi finalida esa amerikalik Jastin Vetcell va braziliyalik Marsirli Alves o'zaro to'qnash keladi.

PFL World Tournament 9 to'liq kardi:

Asosiy janglar

Gadji Rabadanov – Alfi Devis – engil vazn final jangi

Jena Bishop – Liz Karmush – ayollar o'rtasida o'ta engil vazn final jangi

Marsirli Alves – Jastin Vetcell – o'ta engil vazn final jangi

Mads Bernell – Robert Uotli


Prelim kard janglari

Juliana Velaskes – Ekaterina SHakalova

Biadjio Ali Uolsh – (raqib hali tasdiqlanmagan)

Sabrina De Souza – Saray Orozko

Renat Xavalov – Vilson Ndregyoni

CHelsi Xekett – Eshli Tiner



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: