Jeyk o'tgan yilning dekabr oyida Konorga boks qoidalari asosida o'tkaziladigan jang uchun 50 million dollar taklif qilgandi. Pol kecha sobiq Bellator chempioni Ben Askrenni birinchi raundning o'zidayoq nokautga uchratgan edi. Ushbu g'alabadan so'ng Jeykning o'ziga bo'lgan ishonchi yanada ortgan.
"Avval ham aytganman, yana takrorlayman: menga katta janglar kerak. Aynan shunday janglarda o'zimning real kuchimni sinab ko'raman. Ben Askren jangdan oldin katta gapirgandi, uning holatini ko'rdingiz. Ko'ramiz, keyingi raqib kim bo'lar ekan. Menga 3-4 millionlik pullik teletranslyaciyalar kerak", - dedi Pol.
Eslatib o'tamiz, ayni paytda Konor Makgregor Dastin Porega qarshi o'tkaziladigan trilogiyaga tayyorgarlik ko'rmoqda. Agar irlandiyalik bo'lajak jangda g'alaba qozonsa, u holda Xabibdan qolgan UFC chempionlik kamariga rasmiy davogarga aylanadi.
Ien Garri: "Agar Maxachev yarim o'rta vaznda titul jangini xohlasa, qolganlar kutib turishadi"