SportUz.Net
photo photo

Rafael dos Anos Konor Makgregorga "vyzov" tashladi

05.12.2022 11:57    


Rasmni yuklab olish

Engil vaznda sobiq UFC chempioni Rafael dos Anos Konor Makgregor bilan jang qilish istagini bildirdi.

Braziliyalik 38 yoshli aralash yakkakurash ustasi kecha tongda AQSHning Orlando shahrida o'tkazilgan UFC Fight Night turnirida amerikalik Brayan Barberenani ikkinchi raundda bo'g'ib qo'ygandi. 

"O'ylashimcha, bugungi g'alabadan so'ng istalgan jangchimni oktagonga chaqirish huquqiga ega bo'ldim. SHundan kelib chiqib men Konor Makgregorga "vyzov" tashlayman. Unda hozir istemol qilayotgan dori-darmondan tozalanib olish uchun vaqti bor. Iyulda ko'rishamiz", — kechagi jangidan keyingi matbuot anjumanida fikr bildirgan Anos.

Rafael dos Anos hisobida 32 g'alaba va 14 mag'lubiyat bor. Makgregor esa so'nggi jangini 2021 yilning iyul oyida UFC 264 turniri doirasida Dastin Porega qarshi o'tkazib, mag'lub bo'lgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: