"Bu tarixiy voqea: O'zbekiston ilk bor yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. Yarim finalda uch nafar yigitimizga kubalik taniqli bokschilar qarshilik ko'rsatgan bo'lsa, qozog'istonlik sportchilar bilan bo'lib o'tgan principial qarama-qarshilik finalga o'zgacha dramatik tus berdi. Medallarni nafaqat o'g'il bolalar, balki qizlar ham qo'lga kiritgani muhim va qimmatlidir. Asosiy natija shu: bizning yulduzlarimiz bugun munosib o'rinbosarga ega, mahalliy boksning kelajagi katta", - dedi Saken Polatov.
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Ispaniyada o'tkazilgan Jahon chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.
Thailand Open. Besh nafar bokschimizda g'alaba, kecha ikkinchi mag'lubiyatimizni qabul qilib oldik