SportUz.Net
photo photo

VIDEO. Yana bir o'zbek-qozoq qarama-qarshiligi - Doniyor Qayumov qozoq MMAchisini jangga chorladi

19.11.2022 02:19    


Rasmni yuklab olish

Biroz avval Qozog'istonda Octagon 37 musobaqasi o'z yakuniga etdi.

O'zbekistonlik bloger Doniyor Qayumov Octagon 37 musobaqasida Magerram Axmedov (0-2) ustidan g'alaba qozongan qozog'istonlik Asilxan Tolepov (1-0)ni jangga chorladi.

Asilxan Tolepov uchun bu faoliyatidagi debyut jang edi. U kino va teatr aktyori hisoblanadi.

Qozog'istonlik aktyor/jangchi hamyutimizning chorlovini qabul qildi, va unga "qozoqlarning kim ekanini ko'rsatib qo'yishi"ni aytib javob qaytardi.

"Bu yigit qaerdan chiqqanini, oktagonga qaerdan kirib ketganini bilmayman. Avvalo, Qozog'istonga xush kelding. Men hech kimni jangga chorlamayman, ammo menga tashlashsa, qabul qilaman. Hozir urushamiz desang, hozir urushaman. Men senga qozoqning kim ekanini ko'rsatib qo'yaman. Nuraddin og'a (Octagon ligasi menejeri) har qanday joyda, O'zbekistondami boshqa joydami, chorlovni qabul qilaman. Kim bilan qo'yishingizdan qatiy nazar oktagonga chiqaman", - deb aytib o'tgan qozog'istonlik aktyor/jangchi.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: