«Menimcha, yaqin bir oy ichida uning navbatdagi jangi haqida xabar beriladi. U yozning o'rtasida yoki oxirida oktagonga qaytadi. Uning raqibi top darajadagi jangchi bo'lishi aniq. Lekin chempionlik bahsi bo'lmaydi», - dedi Rizvan.
Eslatib o'tamiz, Zabit so'nggi bor 2019 yilning noyabr oyida Kelvin Kattarga qarshi oktagonga ko'tarilib, raqibini mag'lub etishni uddalagan. Umumiy hisobda 30 yoshli jangchining hisobida 18 ta g'alaba va bitta mag'lubiyat bor.