SportUz.Net
photo photo

UFC 258. Tatu badanlar, paxmoq soch, maftunkor jangchi-qizlar yoxud vazn o'lchash marosimidan FOTOGALEREYA

13.02.2021 11:20    


Rasmni yuklab olish

Xabar berganimizdek, bizning vaqt bilan ertaga tongda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tadi.

UFC Apex arena mezbonlik qiladigan UFC 258 oqshomining markaziy jangi yarim o'rta vazn toifasida amaldagi chempion Kamaru Usman hamda uning kamariga davogar Gilbert Byorns o'rtasida bo'lib o'tadi.

Bugun ertangi jang oldidan ananaga ko'ra tarozidan o'tish hamda ko'z urishtirish marosimlari o'tkazildi. Unda har ikki jangchi ham belgilangan vazn meyorini bajarib, bir xil natija qayd etishdi - 77,1 kg.

Etiborga molik jihati, ertangi oqshomda oktagonga ko'tariluvchi barcha 24 jangchi belgilangan vazn meyorini bajarishgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: