
Bu to'qnashuv Aspinallning ko'ziga qo'l kirib ketishi bilan tugagandi.
"Tom yaxshi atlet, lekin menimcha, u bir yo'nalishli jangchi. Uning kurashi ham, jiu-jitsusiga ham ortiqcha baho berilgan, deb o'ylayman. U juda yaxshi jeb va kross uradi, va men uning jangda qaysi bir usul bo'yicha ishlashini yaxshi bilib oldim. Asosan jeb-kross, va shunday zarbalarni yaxshi bajaradi, xolos.
U umuman Ganga qiyinchilik tug'dira olmadi — menda shunday taassurot qoldi. Gan ritmni endi topayotgandi: qo'llar pastda, elkalar bo'sh, harakatda, o'zini ishonch bilan tutayotgandi", – dedi Jons NoScripts podkastida.
